حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو عَامِرٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَيُّوبُ بْنُ ثَابِتٍ، عَنْ خَالِدٍ هُوَ ابْنُ كَيْسَانَ قَالَ: كُنْتُ عِنْدَ ابْنِ عُمَرَ، فَوَقَفَ عَلَيْهِ إِيَاسُ بْنُ خَيْثَمَةَ قَالَ: أَلاَ أُنْشِدُكَ مِنْ شِعْرِي يَا ابْنَ الْفَارُوقِ؟ قَالَ: بَلَى، وَلَكِنْ لاَ تُنْشِدْنِي إِلاَّ حَسَنًا. فَأَنْشَدَهُ حَتَّى إِذَا بَلَغَ شَيْئًا كَرِهَهُ ابْنُ عُمَرَ، قَالَ لَهُ: أَمْسِكْ.
Zayd ibn Xolid al-Juhaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Paygʻambar ﷺ dan topib olingan narsa (luqata) haqida soʻradi. U zot: «Uning bogʻichi va idishini (belgilarini) yaxshilab tani, soʻng bir yil davomida (uni) eʼlon qil; (egasi topilmasa) undan foydalan, lekin egasi kelsa, unga topshir», — dedilar. Soʻng u kishi yoʻqolgan tuya haqida soʻradi. Shunda Paygʻambar ﷺ gʻazablandilar — yonoqlari (yoki yuzlari) qizarib: «Senga (uning) nima daxli bor?! Uning oʻz mesh (suv idishi) va tuyogʻi bor; (oʻzi) suvga boradi, egasi topgunicha daraxt (barglari)ni yeydi», — dedilar. Soʻng u kishi yoʻqolgan qoʻy haqida soʻradi. U zot: «U — yo seniki, yo (boshqa) birodaringniki, yo boʻrinikidir», — dedilar.