وَعَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ قَالَ: ذَهَبْتُ أَسُبُّ حَسَّانَ عِنْدَ عَائِشَةَ، فَقَالَتْ: لاَ تَسُبَّهُ، فَإِنَّهُ كَانَ يُنَافِحُ عَنْ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم.
(Urva aytdi:) Men Oishaning oldida Hassonni soʻkmoqchi boʻ ldim. U: «Uni soʻkma, chunki u Rasululloh ﷺ (sharafini) himoya qilar (yoqlar) edi», dedi. Oisha aytdi: Hasson Paygʻambar ﷺdan mushriklarni (sheʼr bilan) hajv qilishga izn soʻradi. U zot: «Mening nasabim (Quraysh nasli) qanday boʻladi (sen hajv qilsang menga ham tegmaydimi)?» dedilar. (Hasson): «Men sizni ulardan — xamirdan tuk tortib olinganidek — (ozod) tortib olaman (ajrataman)», dedi. Muhammad (rivoyatda): Usmon ibn Farqaddan, u Hishomdan, u otasidan: «Men Hassonni soʻkdim, u (Oisha) ustidan (gap) koʻpaytirganlardan edi», dedi.