حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ صَالِحٍ قَالَ: حَدَّثَنِي مُوسَى بْنُ عَلِيٍّ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ قَالَ: عَجِبْتُ مِنَ الرَّجُلِ يَفِرُّ مِنَ الْقَدَرِ وَهُوَ مُوَاقِعُهُ، وَيَرَى الْقَذَاةَ فِي عَيْنِ أَخِيهِ وَيَدَعُ الْجِذْعَ فِي عَيْنِهِ، وَيُخْرِجُ الضَّغْنَ مِنْ نَفْسِ أَخِيهِ وَيَدَعُ الضَّغْنَ فِي نَفْسِهِ، وَمَا وَضَعْتُ سِرِّي عِنْدَ أَحَدٍ فَلُمْتُهُ عَلَى إِفْشَائِهِ، وَكَيْفَ أَلُومُهُ وَقَدْ ضِقْتُ بِهِ ذَرْعًا؟.
Amr ibn al-Os (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Men shunday kishidan hayron qolaman: u qadardan qochadi, holbuki oʻzi unga duchor boʻluvchidir; birodarining koʻzidagi xasni koʻradi-yu, oʻz koʻzidagi xodani qoldiradi; birodarining qalbidagi kinani chiqaradi-yu, oʻz qalbidagi kinani qoldiradi. Men sirimni birovga qoʻyib, soʻng uni oshkor qilgani uchun uni malomat qilmaganman. Uni qanday malomat qilay?! Axir men oʻzim (uni saqlashga) toqat qila olmadim-ku!», dedi.