حَدَّثَنَا مُوسَى، عَنْ أَبِي عَوَانَةَ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: إِذَا عَطَسَ أَحَدُكُمْ فَقَالَ: الْحَمْدُ لِلَّهِ، قَالَ الْمَلَكُ: رَبَّ الْعَالَمِينَ، فَإِذَا قَالَ: رَبَّ الْعَالَمِينَ، قَالَ الْمَلَكُ: يَرْحَمُكَ اللَّهُ.
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: Alloh azza va jalla {Yetimning moliga, faqat eng yaxshi yoʻl bilan (boyitish uchun) boʻlmasa, yaqinlashmanglar} hamda {Albatta, yetimlarning mollarini zulm bilan yeydiganlar...} oyatini nozil qilganida, kimning yonida yetim boʻlsa, uning taomini oʻz taomidan, ichimligini oʻz ichimligidan ajratib qoʻyadigan boʻldi. Soʻng (yetimning) taomidan ortsa, uni saqlab qoʻyar, toki u (yetim) uni yeguniga yoki buzilib ketguniga qadar (turardi). Bu ularga ogʻir botdi va buni Rasululloh ﷺga aytishdi. Shunda Alloh azza va jalla {Sendan yetimlar haqida soʻraydilar. Aytgin: Ularning (ishini) tuzatish yaxshidir. Agar ular bilan (mol-mulkni) aralashtirib yashasangiz, (ular) sizning birodarlaringizdir} (oyatini) nozil qildi. Shundan keyin ular oʻz taomlarini uning (yetimning) taomi bilan, ichimliklarini uning ichimligi bilan aralashtiradigan boʻlishdi.