حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُنْذِرِ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ مَعْنٍ قَالَ: حَدَّثَنِي مُوسَى بْنُ سَعْدٍ، عَنْ أَبِيهِ سَعْدٍ، أَنَّهُ خَرَجَ مَعَ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ، وَمَعَ الْقَاسِمِ بْنِ مُحَمَّدٍ، حَتَّى إِذَا نَزَلاَ سَرِفًا مَرَّ عَبْدُ اللهِ بْنُ الزُّبَيْرِ فَأَشَارَ إِلَيْهِمْ بِالسَّلاَمِ، فَرَدَّا عَلَيْهِ.
Saʼd (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) va Qosim ibn Muhammad (rahimahulloh) bilan (safarga) chiqdi. Ular Sarif (degan joy)ga tushganlarida, Abdulloh ibn Zubayr (roziyallohu anhumo) oʻtib qoldi va ularga (qoʻli bilan) salom ishorasini qildi, ular ham unga (salomini) qaytarishdi.