حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلاَمٍ، قَالَ: أَخْبَرَنَا مَخْلَدٌ، قَالَ: أَخْبَرَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ قَالَ: أَخْبَرَنِي أَبُو الزُّبَيْرِ أَنَّهُ سَمِعَ جَابِرًا يَقُولُ: سَلَّمَ نَاسٌ مِنَ الْيَهُودِ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، فَقَالُوا: السَّامُ عَلَيْكُمْ، قَالَ: وَعَلَيْكُمْ، فَقَالَتْ عَائِشَةُ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا وَغَضِبَتْ: أَلَمْ تَسْمَعْ مَا قَالُوا؟ قَالَ: بَلَى قَدْ سَمِعْتُ فَرَدَدْتُ عَلَيْهِمْ، نُجَابُ عَلَيْهِمْ، وَلا يُجَابُونَ فِينَا.
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Yahudiylardan baʼzi odamlar Rasululloh ﷺ ga: «As-somu alayka, ey Abul-Qosim!» (sizga oʻlim boʻlsin) deb salom berishdi. Shunda u zot: «Va alaykum» (sizlarga ham), dedilar. Oisha gʻazablanib: «Ular nima deganini eshitmadingizmi?» dedi. U zot: «Ha, eshitdim va ularga javob qaytardim. Bizning (ularga aytgan duomiz) ular haqida mustajob boʻladi, ularning (bizga aytgani) esa biz haqimizda mustajob boʻlmaydi», dedilar.