حَدَّثَنَا مُسْلِمُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ خُمَيْرٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ بُسْرٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم مَرَّ عَلَى أَبِيهِ، فَأَلْقَى لَهُ قَطِيفَةً فَجَلَسَ عَلَيْهَا.
Abdulloh ibn Busr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ otamning oldiga (mehmon boʻlib) tushdilar. (Abdulloh) dedi: «Biz u zotga taom va xurmo, yogʻ, pishloqdan tayyorlangan vatba keltirdik, u zot undan yedilar. Soʻng xurmo keltirildi, u zot uni yer va danagini ikki barmoqlari orasiga tashlar, koʻrsatkich va oʻrta barmoqlarini juft qilar edilar». Soʻng u zotga ichimlik keltirildi, u zot uni ichdilar, soʻng oʻng tomonlaridagi kishiga uzatdilar. (Abdulloh) dedi: «Otam u zotning ulovining jilovini ushlab: ‹Biz uchun Allohga duo qiling›, dedi. Shunda (u zot): «Allohim! Ularga rizq qilib bergan narsangda baraka ato et, ularni magʻfirat qil va ularga rahm qil», dedilar».