حَدَّثَنَا فَرْوَةُ بْنُ أَبِي الْمَغْرَاءِ، قَالَ: أَخْبَرَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُخْتَارِ، عَنْ مَعْرُوفِ بْنِ سُهَيْلٍ الْبُرْجُمِيِّ، عَنْ جَعْفَرِ بْنِ أَبِي الْمُغِيرَةِ قَالَ: نَزَلَ بِي سَعِيدُ بْنُ جُبَيْرٍ فَقَالَ: حَدَّثَنِي ابْنُ عَبَّاسٍ، أَنَّهُ كَانَ يُقَالُ: أَيْنَ أَيْسَارُ الْجَزُورِ؟ فَيَجْتَمِعُ الْعَشَرَةُ، فَيَشْتَرُونَ الْجَزُورَ بِعَشَرَةِ فِصْلاَنٍ إِلَى الْفِصَالِ، فَيُجِيلُونَ السِّهَامَ، فَتَصِيرُ لَتِسْعَةٍ، حَتَّى تَصِيرَ إِلَى وَاحِدٍ، وَيَغْرَمُ الْآخَرُونَ فَصِيلاً فَصِيلاً، إِلَى الْفِصَالِ فَهُوَ الْمَيْسِرُ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Ilgari shunday deyilardi: «Soʻyiladigan tuya uchun (belgili oʻqlar bilan) qimor oʻynovchilar qani?» Shunda oʻn kishi yigʻilib, tuyani oʻnta boʻta (evaziga) — boʻtalar yetilgunga qadar (toʻlash sharti bilan) — sotib olishardi. Soʻng ular oʻqlarni aylantirishardi; (yutuq) toʻqqiz kishiga qolar, oxiri bittasiga yetib kelardi. Qolganlari esa har biri bittadan boʻta, boʻtalar yetilgunga qadar tovon toʻlardi. Mana shu — maysir (qimor)dir.