حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللهِ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ قَالَ: سَمِعْتُ الأَعْمَشَ يَقُولُ: حَدَّثَنَا عَدِيُّ بْنُ ثَابِتٍ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ صُرَدٍ قَالَ: اسْتَبَّ رَجُلاَنِ عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، فَجَعَلَ أَحَدُهُمَا يَغْضَبُ، وَيَحْمَرُّ وَجْهُهُ، فَنَظَرَ إِلَيْهِ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ: إِنِّي لَأَعْلَمُ كَلِمَةً لَوْ قَالَهَا لَذَهَبَ هَذَا عَنْهُ: أَعُوذُ بِاللَّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ، فَقَامَ رَجُلٌ إِلَى ذَاكَ الرَّجُلِ فَقَالَ: تَدْرِي مَا قَالَ؟ قَالَ: قُلْ: أَعُوذُ بِاللَّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ، فَقَالَ الرَّجُلُ: أَمَجْنُونًا تَرَانِي؟.
Sulaymon ibn Surad (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ning huzurlarida ikki kishi bir-birini soʻkdi va ulardan biri gʻazablanib, yuzi qizara boshladi. Nabiy ﷺ unga qarab: «Men bir kalimani bilamanki, agar uni aytsa, undan bu (gʻazab) ketardi: ‹Aʼuzu billahi minash-shaytonir-rojim› (Rojim shaytondan Allohga panoh tilayman)», dedilar. Shunda Nabiy ﷺ dan (buni) eshitganlardan bir kishi u kishining oldiga borib: «Hozir Rasululloh ﷺ nima dedilar bilasanmi? U zot: ‹Men bir kalimani bilamanki, agar uni aytsa, undan bu (gʻazab) ketardi: Aʼuzu billahi minash-shaytonir-rojim (Rojim shaytondan Allohga panoh tilayman)› dedilar», dedi. Shunda u kishi unga: «Meni jinni deb koʻryapsanmi?» dedi.