حَدَّثَنَا حَجَّاجٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، هُوَ ابْنُ سَلَمَةَ، قَالَ: أَخْبَرَنَا أَبُو غَالِبٍ، عَنْ أَبِي أُمَامَةَ، قَالَ: أَقْبَلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم مَعَهُ غُلامَانِ، فَوَهَبَ أَحَدُهُمَا لِعَلِيٍّ صَلَوَاتُ اللهِ عَلَيْهِ، وَقَالَ: لاَ تَضْرِبْهُ، فَإِنِّي نُهِيتُ عَنْ ضَرْبِ أَهْلِ الصَّلاَةِ، وَإِنِّي رَأَيْتُهُ يُصَلِّي مُنْذُ أَقْبَلْنَا، وَأَعْطَى أَبَا ذَرٍّ غُلاَمًا، وَقَالَ: اسْتَوْصِ بِهِ مَعْرُوفًا فَأَعْتَقَهُ، فَقَالَ: مَا فَعَلَ؟ قَالَ: أَمَرْتَنِي أَنْ أَسْتَوْصِي بِهِ خَيْرًا فَأَعْتَقْتُهُ.
Abu Umama (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ikki gʻulom (qul) bilan keldilar va ulardan birini Aliga hadya qildilar-da: «Uni urma, chunki men namoz ahlini urishdan qaytarilganman, men uni biz kelganimizdan beri namoz oʻqiyotganini koʻrdim», dedilar. Va Abu Zarrga bir gʻulom berib: «Unga yaxshi muomalada boʻlishni tavsiya qilaman», dedilar. Shunda (Abu Zarr) uni ozod qildi. (Nabiy ﷺ): «Nega bunday qilding?» dedilar. U: «Siz menga unga yaxshilik qilishni buyurdingiz, shuning uchun uni ozod qildim», dedi.