حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنِ ابْنِ عَمْرَةَ، عَنْ عَمْرَةَ، أَنَّ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا دَبَّرَتْ أَمَةً لَهَا، فَاشْتَكَتْ عَائِشَةُ، فَسَأَلَ بَنُو أَخِيهَا طَبِيبًا مِنَ الزُّطِّ، فَقَالَ: إِنَّكُمْ تُخْبِرُونِي عَنِ امْرَأَةٍ مَسْحُورَةٍ، سَحَرَتْهَا أَمَةٌ لَهَا، فَأُخْبِرَتْ عَائِشَةُ، قَالَتْ: سَحَرْتِينِي؟ فَقَالَتْ: نَعَمْ، فَقَالَتْ: وَلِمَ؟ لاَ تَنْجَيْنَ أَبَدًا، ثُمَّ قَالَتْ: بِيعُوهَا مِنْ شَرِّ الْعَرَبِ مَلَكَةً.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: u oʻzining bir choʻrisini mudabbara qilgan (vafotidan soʻng ozod boʻladigan qilib qoʻygan) edi. Soʻng Oisha kasal boʻlib qoldi. Uning aka-ukasining oʻgʻillari zutt (hind qavmi)dan boʻlgan bir tabibdan soʻrashdi. U (tabib): «Sizlar menga sehrlangan bir ayol haqida xabar bermoqdasizlar, uni oʻzining bir choʻrisi sehrlagan», dedi. Oishaga bu xabar yetkazildi. U (choʻrisiga): «Meni sehrladingmi?» dedi. U: «Ha», dedi. (Oisha): «Nega?» dedi. (Choʻri): «Sen meni hech qachon ozod qilmasliging uchun», dedi. Shunda (Oisha): «Sen hech qachon najot topmaysan», dedi. Soʻng: «Uni arablarning eng yomoniga (eng qattiqqoʻl xoʻjaga) soting», dedi.