حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ سُفْيَانَ قَالَ: حَدَّثَنِي سَلَمَةُ بْنُ كُهَيْلٍ قَالَ: حَدَّثَنِي مُعَاوِيَةُ بْنُ سُوَيْدِ بْنِ مُقَرِّنٍ قَالَ: لَطَمْتُ مَوْلًى لَنَا فَفَرَّ، فَدَعَانِي أَبِي فَقَالَ لَهُ: اقْتَصَّ، كُنَّا وَلَدَ مُقَرِّنٍ سَبْعَةً، لَنَا خَادِمٌ، فَلَطَمَهَا أَحَدُنَا، فَذُكِرَ ذَلِكَ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ: مُرْهُمْ فَلْيُعْتِقُوهَا، فَقِيلَ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم: لَيْسَ لَهُمْ خَادِمٌ غَيْرَهَا، قَالَ: فَلْيَسْتَخْدِمُوهَا فَإِذَا اسْتَغْنَوْا خَلُّوا سَبِيلَهَا.
Muoviya ibn Suvayd ibn Muqarrin (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi, u dedi: Men bizning bir ozod qilingan qulimizga tarsaki tortdim. Shunda otam uni va meni chaqirdi-da: «Undan qasos ol», dedi. Soʻng: «Biz Banu Muqarrin jamoasi Nabiy ﷺ zamonlarida yetti kishi edik, bizning bir xizmatkorimizdan boshqa hech narsamiz yoʻq edi. Bizdan bir kishi unga tarsaki tortgan edi, Rasululloh ﷺ: ‹Uni ozod qilinglar›, dedilar. Ular: ‹Bizning undan boshqa xizmatkorimiz yoʻq›, dedilar. U zot: ‹Toki ular (xizmatkordan) behojat boʻlgunlaricha u ularga xizmat qilsin; behojat boʻlganlarida esa uni ozod qilsinlar›, dedilar», dedi.