حَدَّثَنَا مُوسَى، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، قَالَ: حَدَّثَنَا فِرَاسٌ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ زَاذَانَ أَبِي عُمَرَ قَالَ: كُنَّا عِنْدَ ابْنِ عُمَرَ، فَدَعَا بِغُلاَمٍ لَهُ كَانَ ضَرَبَهُ فَكَشَفَ عَنْ ظَهْرِهِ فَقَالَ: أَيُوجِعُكَ؟ قَالَ: لاَ. فَأَعْتَقَهُ، ثُمَّ رَفَعَ عُودًا مِنَ الأَرْضِ فَقَالَ: مَالِي فِيهِ مِنَ الأَجْرِ مَا يَزِنُ هَذَا الْعُودَ، فَقُلْتُ: يَا أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ، لِمَ تَقُولُ هَذَا؟ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ أَوْ قَالَ: مَنْ ضَرَبَ مَمْلُوكَهُ حَدًّا لَمْ يَأْتِهِ، أَوْ لَطَمَ وَجْهَهُ، فَكَفَّارَتُهُ أَنْ يُعْتِقَهُ.
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: u oʻzi urgan bir gʻulomini chaqirib, uning yelkasini ochdi-da: «Ogʻriyaptimi?» deb soʻradi. Gʻulom: «Yoʻq», dedi. Shunda uni ozod qildi. Soʻngra yerdan bir choʻp olib: «Bu ishimda menga shu choʻp ogʻirligicha ham ajr yoʻq», dedi. «Ey Abu Abdurrahmon, nega bunday deyapsiz?» deb soʻralganda, u: «Men Nabiy ﷺ: ‹Kim mamlukini u loyiq boʻlmagan narsa uchun ursa yoki yuziga tarsaki ursa, uning kafforati uni ozod qilishidir›, deganlarini eshitganman», dedi.