حَدَّثَنَا أَسْوَدُ بْنُ عَامِرٍ، حَدَّثَنَا إِسْرَائِيلُ، عَنْ جَابِرٍ، عَنْ عَامِرٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبْزَى، عَنْ أَبِي بَكْرٍ، قَالَ كُنْتُ عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ جَالِسًا فَجَاءَ مَاعِزُ بْنُ مَالِكٍ فَاعْتَرَفَ عِنْدَهُ مَرَّةً فَرَدَّهُ ثُمَّ جَاءَهُ فَاعْتَرَفَ عِنْدَهُ الثَّانِيَةَ فَرَدَّهُ ثُمَّ جَاءَهُ فَاعْتَرَفَ الثَّالِثَةَ فَرَدَّهُ فَقُلْتُ لَهُ إِنَّكَ إِنْ اعْتَرَفْتَ الرَّابِعَةَ رَجَمَكَ قَالَ فَاعْتَرَفَ الرَّابِعَةَ فَحَبَسَهُ ثُمَّ سَأَلَ عَنْهُ فَقَالُوا مَا نَعْلَمُ إِلَّا خَيْرًا قَالَ فَأَمَرَ بِرَجْمِهِ.
Abu Bakr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: «Men Nabiy ﷺ huzurlarida oʻtirgan edim. Shunda Moiz ibn Molik kelib, u zotning oldida bir marta iqror boʻldi, u zot uni qaytardilar. Soʻng yana kelib, ikkinchi marta iqror boʻldi, u zot yana qaytardilar. Soʻng yana kelib, uchinchi marta iqror boʻldi, u zot yana qaytardilar. Men unga: ‹Agar toʻrtinchi marta iqror boʻlsang, seni toshboʻron qiladilar›, dedim. U toʻrtinchi marta iqror boʻldi. Shunda u zot uni ushlab turdilar, soʻng u haqda soʻradilar. Odamlar: ‹Biz undan yaxshilikdan boshqasini bilmaymiz›, dedilar. Shunda u zot uni toshboʻron qilishga buyurdilar».