حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، وَحَجَّاجٌ، قَالَ سَمِعْتُ شُعْبَةَ، عَنْ عَاصِمِ بْنِ عُبَيْدِ اللَّهِ، عَنْ سَالِمٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، عَنْ عُمَرَ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا أَنَّهُ قَالَ لِلنَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَرَأَيْتَ مَا نَعْمَلُ فِيهِ أَقَدْ فُرِغَ مِنْهُ أَوْ فِي شَيْءٍ مُبْتَدَإٍ أَوْ أَمْرٍ مُبْتَدَعٍ قَالَ فِيمَا قَدْ فُرِغَ مِنْهُ فَقَالَ عُمَرُ أَلَا نَتَّكِلُ فَقَالَ اعْمَلْ يَا ابْنَ الْخَطَّابِ فَكُلٌّ مُيَسَّرٌ أَمَّا مَنْ كَانَ مِنْ أَهْلِ السَّعَادَةِ فَيَعْمَلُ لِلسَّعَادَةِ وَأَمَّا أَهْلُ الشَّقَاءِ فَيَعْمَلُ لِلشَّقَاءِ.
Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Paygʻambar ﷺga: «Aytingchi, biz qilayotgan amallarimiz allaqachon bitirib qoʻyilgan ishmi yoki endigina boshlanadigan yangi ishmi?» dedi. U zot: «Bu allaqachon bitirib qoʻyilgan ishdir», dedilar. Shunda Umar: «Unda tavakkul qilib, amalni tark etsak boʻlmaydimi?» dedi. U zot: «Amal qil, ey Xattob oʻgʻli, chunki har kimga oʻziga tegishli narsa oson qilingan. Baxt-saodat ahlidan boʻlganlar saodat uchun amal qiladi, badbaxtlik ahlidan boʻlganlar esa badbaxtlik uchun amal qiladi», dedilar.