حَدَّثَنَا يَزِيدُ، أَنْبَأَنَا مِسْعَرٌ، عَنْ عَبْدِ الْمَلِكِ بْنِ مَيْسَرَةَ، عَنِ النَّزَّالِ بْنِ سَبْرَةَ، قَالَ أُتِيَ عَلِيٌّ بِإِنَاءٍ مِنْ مَاءٍ فَشَرِبَ وَهُوَ قَائِمٌ ثُمَّ قَالَ إِنَّهُ بَلَغَنِي أَنَّ أَقْوَامًا يَكْرَهُونَ أَنْ يَشْرَبَ أَحَدُهُمْ وَهُوَ قَائِمٌ وَقَدْ رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَعَلَ مِثْلَ مَا فَعَلْتُ ثُمَّ أَخَذَ مِنْهُ فَتَمَسَّحَ ثُمَّ قَالَ هَذَا وُضُوءُ مَنْ لَمْ يُحْدِثْ.
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Aliga bir idishda suv keltirildi. U tik turgan holda ichdi, soʻng: «Menga xabar yetdiki, baʼzi qavmlar biri tik turgan holda ichishini yomon koʻrar ekan. Holbuki men Rasululloh ﷺni men qilganimdek qilganlarini koʻrganman», dedi. Soʻng undan bir oz olib, aʼzolariga surtdi va: «Bu tahorati buzilmagan kishining tahoratidir», dedi.