حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي يَزِيدَ، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنِ ابْنِ أَبِي لَيْلَى، عَنْ عَلِيٍّ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ فَاطِمَةَ، أَتَتْ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَسْتَخْدِمُهُ فَقَالَ أَلَا أَدُلُّكِ عَلَى مَا هُوَ خَيْرٌ لَكِ مِنْ ذَلِكَ تُسَبِّحِينَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ وَتُكَبِّرِينَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ وَتَحْمَدِينَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ أَحَدُهَا أَرْبَعًا وَثَلَاثِينَ.
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Fotima (roziyallohu anho) Nabiy ﷺning huzurlariga xizmatkor soʻrab keldi. U zot: «Senga bundan koʻra yaxshiroq boʻlgan narsani koʻrsataymi? Oʻttiz uch marta ‹Subhanalloh›, oʻttiz uch marta ‹Allohu akbar› va oʻttiz uch marta ‹Alhamdulillah› deysan, ularning biri oʻttiz toʻrt marta boʻladi», dedilar.