حَدَّثَنَا عَبْد اللَّهِ، حَدَّثَنَا سُوَيْدُ بْنُ سَعِيدٍ الْهَرَوِيُّ، حَدَّثَنَا يُونُسُ بْنُ أَبِي يَعْفُورٍ، عَنْ عَوْنِ بْنِ أَبِي جُحَيْفَةَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ كُنْتُ عِنْدَ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ وَهُوَ مُسَجًّى بِثَوْبِهِ قَدْ قَضَى نَحْبَهُ فَجَاءَ عَلِيٌّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ فَكَشَفَ الثَّوْبَ عَنْ وَجْهِهِ ثُمَّ قَالَ رَحْمَةُ اللَّهِ عَلَيْكَ أَبَا حَفْصٍ فَوَاللَّهِ مَا بَقِيَ بَعْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَحَدٌ أَحَبُّ إِلَيَّ مِنْ أَنْ أَلْقَى اللَّهَ تَعَالَى بِصَحِيفَتِهِ مِنْكَ.
Abu Juhayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Umar (roziyallohu anhu) vafot etib, ustiga kiyimi yopib qoʻyilgan holda yotgan edilar, men uning huzurida edim. Shunda Ali (roziyallohu anhu) kelib, kiyimni yuzidan koʻtardi-da: «Alloh rahmati senga boʻlsin, ey Abu Hafs! Allohga qasamki, Rasululloh ﷺdan keyin, nomai amali bilan Alloh taologa roʻbaroʻ boʻlishimni sendan koʻra koʻproq sevadigan biror kishi qolmadi», dedi.