حَدَّثَنَا أَسْوَدُ بْنُ عَامِرٍ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، قَالَ سَمِعْتُ الْحَسَنَ، قَالَ قَالَ الزُّبَيْرُ بْنُ الْعَوَّامِ نَزَلَتْ هَذِهِ الْآيَةُ وَنَحْنُ مُتَوَافِرُونَ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ {وَاتَّقُوا فِتْنَةً لَا تُصِيبَنَّ الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْكُمْ خَاصَّةً} فَجَعَلْنَا نَقُولُ مَا هَذِهِ الْفِتْنَةُ وَمَا نَشْعُرُ أَنَّهَا تَقَعُ حَيْثُ وَقَعَتْ.
Zubayr ibn al-Avvom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh ﷺ bilan koʻpchilik boʻlib turgan paytimizda ushbu oyat nozil boʻldi: {Sizlardan faqat zolimlargagina yetib qolmaydigan fitnadan qoʻrqinglar!} (Anfol 25). Shunda biz: ‹Bu fitna nima ekan?› deb ayta boshladik. Uning qayerda sodir boʻlgan boʻlsa, oʻsha yerda sodir boʻlishini sezmagan edik», dedi.