حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، قَالَ حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ أَبِي عَائِشَةَ، قَالَ حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، فِي قَوْلِهِ تَعَالَى
﴿ لاَ تُحَرِّكْ بِهِ لِسَانَكَ لِتَعْجَلَ بِهِ ﴾ قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُعَالِجُ مِنَ التَّنْزِيلِ شِدَّةً، وَكَانَ مِمَّا يُحَرِّكُ شَفَتَيْهِ ـ فَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ فَأَنَا أُحَرِّكُهُمَا لَكُمْ كَمَا كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُحَرِّكُهُمَا. وَقَالَ سَعِيدٌ أَنَا أُحَرِّكُهُمَا كَمَا رَأَيْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ يُحَرِّكُهُمَا. فَحَرَّكَ شَفَتَيْهِ ـ فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى ﴿ لَا تُحَرِّكْ بِهِۦ لِسَانَكَ لِتَعْجَلَ بِهِۦٓ إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُۥ وَقُرْءَانَهُۥ ﴾{لاَ تُحَرِّكْ بِهِ لِسَانَكَ لِتَعْجَلَ بِهِ* إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُ وَقُرْآنَهُ} قَالَ جَمْعُهُ لَهُ فِي صَدْرِكَ، وَتَقْرَأَهُ ﴿ فَإِذَا قَرَأْنَاهُ فَاتَّبِعْ قُرْآنَهُ ﴾ قَالَ فَاسْتَمِعْ لَهُ وَأَنْصِتْ ﴿ ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا بَيَانَهُ ﴾ ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا أَنْ تَقْرَأَهُ. فَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بَعْدَ ذَلِكَ إِذَا أَتَاهُ جِبْرِيلُ اسْتَمَعَ، فَإِذَا انْطَلَقَ جِبْرِيلُ قَرَأَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم كَمَا قَرَأَهُ.Said ibn Jubayrdan rivoyat qilinadi: Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Alloh taoloning ‹Uni (Qurʼonni) shoshilib (yodlash) uchun tilingni qimirlatma› (75:16) degan oyati haqida shunday dedi: «Rasululloh ﷺ vahiyni (qabul qilishda) ogʻir mashaqqat chekar va (yodlashga shoshilib) lablarini qimirlatar edilar.» Ibn Abbos: «Men sizlarga Rasululloh ﷺ qanday qimirlatganlarini koʻrsatib, lablarimni qimirlataman», — dedi. Said (ibn Jubayr) ham: «Men Ibn Abbosni qanday qimirlatganini koʻrgan boʻlsam, shunday qimirlataman», — deb lablarini qimirlatdi. (Ibn Abbos davom etdi:) «Shunda Alloh: ‹Uni shoshilib (yodlash) uchun tilingni qimirlatma. Albatta, uni (koʻksingda) jamlash va (tilingda) oʻqitish Bizning zimmamizdadir› (75:16–17) — degan (oyatlarni) nozil qildi.» (Ibn Abbos) dedi: «Bu — uni sening koʻksingda jamlashimiz, soʻng uni oʻqishingdir. ‹Bas, Biz uni oʻqiganimizda, sen uning oʻqilishiga ergash› (75:18) — yaʼni unga quloq sol va jim tur. ‹Soʻngra uni bayon qilish ham Bizning zimmamizdadir› (75:19) — soʻngra uni (tilingda) oʻqitish Bizning zimmamizdadir.» Shundan keyin Rasululloh ﷺ Jabroil kelganda quloq solar, Jabroil ketgach esa uni Jabroil oʻqiganidek oʻqir edilar.