حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ سُفْيَانَ، قَالَ حَدَّثَنِي عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَابِسٍ، قَالَ سَمِعْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ، قِيلَ لَهُ أَشَهِدْتَ الْعِيدَ مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ نَعَمْ، وَلَوْلاَ مَكَانِي مِنَ الصِّغَرِ مَا شَهِدْتُهُ، حَتَّى أَتَى الْعَلَمَ الَّذِي عِنْدَ دَارِ كَثِيرِ بْنِ الصَّلْتِ فَصَلَّى ثُمَّ خَطَبَ ثُمَّ أَتَى النِّسَاءَ، وَمَعَهُ بِلاَلٌ، فَوَعَظَهُنَّ وَذَكَّرَهُنَّ، وَأَمَرَهُنَّ بِالصَّدَقَةِ، فَرَأَيْتُهُنَّ يُهْوِينَ بِأَيْدِيهِنَّ يَقْذِفْنَهُ فِي ثَوْبِ بِلاَلٍ، ثُمَّ انْطَلَقَ هُوَ وَبِلاَلٌ إِلَى بَيْتِهِ.
Abdurrahmon ibn Obis (Ibn Abbosdan) rivoyat qiladi: Ibn Abbosdan — u Paygʻambar ﷺ bilan iyd namozida (qatnashgan)mi, deb — soʻraldi. U: «Ha; agar yosh boʻlmaganimda, men u zotga qoʻshila olmas edim. (Paygʻambar ﷺ) Kasir ibn Salt uyi yaqinidagi belgiga yetgunlarigacha (chiqdilar), namoz oʻqidilar, xutba qildilar, soʻng ayollar tomonga bordilar. Bilol u zot bilan birga edi. U zot ularga vaʼz qildilar, nasihat berdilar va ularni sadaqa berishga buyurdilar. Men ayollarni — uzatilgan qoʻllari bilan — bezaklarini Bilolning kiyimiga solayotganini koʻrdim. Soʻng Paygʻambar ﷺ Bilol bilan birga uyga qaytdilar», — dedi.