حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا هَاشِمُ بْنُ الْقَاسِمِ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ دِينَارٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ السَّمَّانِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَنْ آتَاهُ اللَّهُ مَالاً، فَلَمْ يُؤَدِّ زَكَاتَهُ مُثِّلَ لَهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ شُجَاعًا أَقْرَعَ، لَهُ زَبِيبَتَانِ، يُطَوَّقُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، ثُمَّ يَأْخُذُ بِلِهْزِمَتَيْهِ ـ يَعْنِي شِدْقَيْهِ ـ ثُمَّ يَقُولُ أَنَا مَالُكَ، أَنَا كَنْزُكَ " ثُمَّ تَلاَ
﴿ لاَ يَحْسِبَنَّ الَّذِينَ يَبْخَلُونَ ﴾ الآيَةَ.Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Allohning boyitgan, lekin oʻz molining zakotini bermagan kishisi uchun, Qiyomat kuni uning moli — koʻzlari ustida ikki qora dogʻi boʻlgan, kal (boshli) zaharli erkak ilon (shaklida) qilinadi. (Bu) ilon uning boʻyniga oʻraladi va uning yonoqlarini chaqib: ‹Men — sening moling, men — sening xazinangman›, — deydi», — dedilar. Soʻng Paygʻambar ﷺ (mana bu) muqaddas oyatlarni oʻqidilar: ‹Allohning oʻz fazlidan bergan narsasiga baxillik qiluvchilar... (to oyat oxirigacha)› (Oli Imron, 180).