وَقَالَ أَحْمَدُ بْنُ شَبِيبِ بْنِ سَعِيدٍ حَدَّثَنَا أَبِي، عَنْ يُونُسَ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ خَالِدِ بْنِ أَسْلَمَ، قَالَ خَرَجْنَا مَعَ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ فَقَالَ أَعْرَابِيٌّ أَخْبِرْنِي قَوْلَ اللَّهِ،
﴿ وَالَّذِينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلاَ يُنْفِقُونَهَا فِي سَبِيلِ اللَّهِ ﴾ قَالَ ابْنُ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ مَنْ كَنَزَهَا فَلَمْ يُؤَدِّ زَكَاتَهَا فَوَيْلٌ لَهُ، إِنَّمَا كَانَ هَذَا قَبْلَ أَنْ تُنْزَلَ الزَّكَاةُ فَلَمَّا أُنْزِلَتْ جَعَلَهَا اللَّهُ طُهْرًا لِلأَمْوَالِ.Xolid ibn Aslam (Ibn Umardan) rivoyat qiladi: Biz Abdulloh ibn Umar bilan (tashqariga) chiqdik va bir badaviy (Abdullohga): «Menga Allohning: ‹Oltin va kumushni toʻplab-yashirib (kanz qilib), uni Alloh yoʻlida sarflamaydiganlar...› (Tavba, 34) — degan soʻzini aytib bering», — dedi. Ibn Umar: «Kim ularni toʻplab-yashirsa va ularning zakotini bermasa, unga voy boʻlsin; lekin bu muqaddas oyatlar zakot oyatlaridan oldin nozil boʻlgan edi. Bas, zakot oyatlari nozil boʻlganda, Alloh zakotni mol(ning gunohlari)ni poklovchi qildi», — dedi.