حَدَّثَنَا مُسْلِمُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ أَبِي بُرْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ صَدَقَةٌ ". فَقَالُوا يَا نَبِيَّ اللَّهِ فَمَنْ لَمْ يَجِدْ قَالَ " يَعْمَلُ بِيَدِهِ فَيَنْفَعُ نَفْسَهُ وَيَتَصَدَّقُ ". قَالُوا فَإِنْ لَمْ يَجِدْ قَالَ " يُعِينُ ذَا الْحَاجَةِ الْمَلْهُوفَ ". قَالُوا فَإِنْ لَمْ يَجِدْ. قَالَ " فَلْيَعْمَلْ بِالْمَعْرُوفِ، وَلْيُمْسِكْ عَنِ الشَّرِّ فَإِنَّهَا لَهُ صَدَقَةٌ ".
Abu Burda (otasidan, bobosidan) rivoyat qiladi: Paygʻambar ﷺ: «Har bir musulmonga sadaqa berish (lozim)», — dedilar. Odamlar: «Yo Allohning Paygʻambari, agar birortasida beradigan narsa boʻlmasa, nima qilsin?» — dedi. U zot: «U oʻz qoʻli bilan ishlab, oʻziga foyda keltirsin va sadaqa ham qilsin (oʻz topganidan)», — dedilar. Odamlar yana: «Agar u buni ham qila olmasa(chi)?» — dedi. U zot: «U yordam soʻragan muhtojga yordam bersin», — dedilar. Odamlar yana: «Agar u buni (ham) qila olmasa(chi)?» — dedi. U zot: «U holda u yaxshi amal qilsin va yomon amaldan tiyilsin — bu unga sadaqa (oʻrniga) boʻladi», — dedilar.