حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ سَعْدٍ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ سُئِلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَىُّ الأَعْمَالِ أَفْضَلُ قَالَ " إِيمَانٌ بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ ". قِيلَ ثُمَّ مَاذَا قَالَ " جِهَادٌ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ". قِيلَ ثُمَّ مَاذَا قَالَ " حَجٌّ مَبْرُورٌ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ dan: «Qaysi amal eng yaxshi?» — deb soʻraldi. U zot: «Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirish», — dedilar. Soʻng: «Keyin qaysi (yaxshiroq)?» — deb soʻraldi. U zot: «Alloh yoʻlida jihod qilish», — dedilar. Soʻng: «Keyin qaysi?» — deb soʻraldi. U zot: «Haji mabrur (qabul boʻlgan haj)», — dedilar.