حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، حَدَّثَنَا ابْنُ طَاوُسٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ كَانُوا يَرَوْنَ أَنَّ الْعُمْرَةَ فِي أَشْهُرِ الْحَجِّ مِنْ أَفْجَرِ الْفُجُورِ فِي الأَرْضِ، وَيَجْعَلُونَ الْمُحَرَّمَ صَفَرًا وَيَقُولُونَ إِذَا بَرَأَ الدَّبَرْ، وَعَفَا الأَثَرْ، وَانْسَلَخَ صَفَرْ، حَلَّتِ الْعُمْرَةُ لِمَنِ اعْتَمَرْ. قَدِمَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم وَأَصْحَابُهُ صَبِيحَةَ رَابِعَةٍ مُهِلِّينَ بِالْحَجِّ، فَأَمَرَهُمْ أَنْ يَجْعَلُوهَا عُمْرَةً فَتَعَاظَمَ ذَلِكَ عِنْدَهُمْ فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ أَىُّ الْحِلِّ قَالَ " حِلٌّ كُلُّهُ ".
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: (Johiliyat davridagi) odamlar haj oylarida umra qilishni — yer yuzidagi eng katta gunohlardan biri deb — hisoblar edi. Ular Safar oyini ham harom (yaʼni muqaddas) oy deb hisoblar va: «Tuyaning orqasidagi yaralar (haj(dan qaytganlari)dan keyin) tuzalib, oʻsha yaralarning izlari yoʻqolgach va Safar oyi oʻtgach, (oʻshanda) umra qilmoqchi boʻlgan kishi uchun u halol», — der edi. Zulhijjaning toʻrtining tongida Paygʻambar ﷺ va sahobalari — haj uchun ehrom bogʻlagan holda — Makkaga yetib keldi va u zot sahobalarini — (haj oʻrniga) faqat umra uchun ehrom niyatini qilishga — buyurdilar; bas, ular uning bu amrini juda katta (gʻaroyib) deb hisobladi va hayron boʻlib: «Yo Rasululloh, qanday (ehromdan chiqish) ruxsat etiladi?» — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Ehromni — muhrim boʻlmagan kishidek — toʻliq (uzib) chiqinglar (sizlarga hamma narsa halol)», — dedilar.