حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ أَبِي سَلَمَةَ، حَدَّثَنَا ابْنُ شِهَابٍ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ جَاءَتِ امْرَأَةٌ مِنْ خَثْعَمَ، عَامَ حَجَّةِ الْوَدَاعِ، قَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ فَرِيضَةَ اللَّهِ عَلَى عِبَادِهِ فِي الْحَجِّ أَدْرَكَتْ أَبِي شَيْخًا كَبِيرًا، لاَ يَسْتَطِيعُ أَنْ يَسْتَوِيَ عَلَى الرَّاحِلَةِ فَهَلْ يَقْضِي عَنْهُ أَنْ أَحُجَّ عَنْهُ قَالَ " نَعَمْ ".
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Fazl Paygʻambar ﷺ ning ortida (tuyada) minib borar edi va Xasʼam (qabilasi)dan bir ayol keldi. Fazl unga qaray boshladi va u (ayol) ham unga qaradi. Paygʻambar ﷺ Fazlning yuzini boshqa tomonga burdilar. U (ayol): «Otam(ning zimmasi)ga Allohning farz qilgan haji vojib boʻlib qoldi, lekin u juda keksa va ulovda mahkam oʻtira olmaydi. Men uning nomidan haj qilsam (boʻladimi)?» — dedi. Paygʻambar ﷺ ‹ha› (deb javob berdilar). Bu — Paygʻambar ﷺ ning Vidoʼ hajida boʻldi.