حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَبَّاسٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْمُنْكَدِرِ، عَنْ جَابِرٍ ـ رضى الله عنه ـ جَاءَ أَعْرَابِيٌّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَبَايَعَهُ عَلَى الإِسْلاَمِ، فَجَاءَ مِنَ الْغَدِ مَحْمُومًا، فَقَالَ أَقِلْنِي، فَأَبَى ثَلاَثَ مِرَارٍ، فَقَالَ " الْمَدِينَةُ كَالْكِيرِ، تَنْفِي خَبَثَهَا، وَيَنْصَعُ طَيِّبُهَا ".
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir baduiy (sahroyi arab) Paygʻambar ﷺ ning oldiga kelib, Islom (qabul qilish) uchun bayʼat berdi. Ertasi kuni u isitma bilan kelib (Paygʻambar ﷺ ga): «Mening bayʼatimni (Islom va Madinaga hijrat qilish bayʼatini) bekor qiling», — dedi. Paygʻambar ﷺ (uning bu iltimosini) uch marta rad etdilar va: «Madina — bosqondek(dir): u (yomon) kirlarni (yomon kishilarni) chiqarib yuboradi va yaxshilarni saralab, ularni mukammal qiladi», — dedilar.