حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَدِيِّ بْنِ ثَابِتٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ يَزِيدَ، قَالَ سَمِعْتُ زَيْدَ بْنَ ثَابِتٍ ـ رضى الله عنه ـ يَقُولُ لَمَّا خَرَجَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِلَى أُحُدٍ رَجَعَ نَاسٌ مِنْ أَصْحَابِهِ فَقَالَتْ فِرْقَةٌ نَقْتُلُهُمْ. وَقَالَتْ فِرْقَةٌ لاَ نَقْتُلُهُمْ. فَنَزَلَتْ
﴿ ۞ فَمَا لَكُمْ فِى ٱلْمُنَـٰفِقِينَ فِئَتَيْنِ وَٱللَّهُ أَرْكَسَهُم بِمَا كَسَبُوٓا۟ ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَهْدُوا۟ مَنْ أَضَلَّ ٱللَّهُ ۖ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلًا ﴾{فَمَا لَكُمْ فِي الْمُنَافِقِينِ فِئَتَيْنِ} وَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " إِنَّهَا تَنْفِي الرِّجَالَ كَمَا تَنْفِي النَّارُ خَبَثَ الْحَدِيدِ ".Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ Uhud (jangi) uchun (yoʻlga) chiqqanda, sahobalaridan baʼzilari (munofiqlar) (uyiga) qaytdi. Moʻminlardan bir guruh — biz oʻsha qaytganlarni (munofiqlarni) oʻldiramiz, — dedi; boshqa guruh esa — ularni oʻldirmaymiz, — dedi. Bas, mana shu oyat nozil boʻldi: ‹Sizlarga nima boʻldiki, munofiqlar borasida ikki guruhga boʻlinib qoldingiz?› (Niso, 88). Paygʻambar ﷺ: «Madina — oʻt (olov) temirning zangini (kirini) chiqarib tashlaganidek — (yomon) kishilarni (oʻzidan) chiqarib yuboradi», — dedilar.