حَدَّثَنَا عُثْمَانُ، قَالَ أَخْبَرَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ أَبِي مُوسَى، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ، مَا الْقِتَالُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَإِنَّ أَحَدَنَا يُقَاتِلُ غَضَبًا، وَيُقَاتِلُ حَمِيَّةً. فَرَفَعَ إِلَيْهِ رَأْسَهُ ـ قَالَ وَمَا رَفَعَ إِلَيْهِ رَأْسَهُ إِلاَّ أَنَّهُ كَانَ قَائِمًا ـ فَقَالَ " مَنْ قَاتَلَ لِتَكُونَ كَلِمَةُ اللَّهِ هِيَ الْعُلْيَا فَهُوَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ ".
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Paygʻambar ﷺ ga kelib: «Yo Rasululloh, qanday jang Alloh yoʻlida boʻladi? Baʼzimiz gʻazabdan, baʼzimiz manmanlikdan jang qiladi», — dedi. Paygʻambar ﷺ — soʻrovchi tik turgan edi — boshlarini koʻtarib: «Kim Allohning Kalomi (Islom) oliy boʻlishi uchun jang qilsa, ana oʻsha Alloh yoʻlida jang qilgan boʻladi», — dedilar.