حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ أَبِي سَلَمَةَ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عِيسَى بْنِ طَلْحَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، قَالَ رَأَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم عِنْدَ الْجَمْرَةِ وَهُوَ يُسْأَلُ، فَقَالَ رَجُلٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ نَحَرْتُ قَبْلَ أَنْ أَرْمِيَ. قَالَ " ارْمِ وَلاَ حَرَجَ ". قَالَ آخَرُ يَا رَسُولَ اللَّهِ حَلَقْتُ قَبْلَ أَنْ أَنْحَرَ. قَالَ " انْحَرْ وَلاَ حَرَجَ ". فَمَا سُئِلَ عَنْ شَىْءٍ قُدِّمَ وَلاَ أُخِّرَ إِلاَّ قَالَ افْعَلْ وَلاَ حَرَجَ.
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men Paygʻambar ﷺ ni jamratning yonida koʻrdim; odamlar u zotdan (savollar) soʻrayotgan edi. Bir kishi: «Yo Rasululloh, men tosh otishdan (Ramyidan) oldin Hadiyni (qurbonlikni) soʻydim», — dedi. U zot: «Endi tosh ot, zarari yoʻq», — dedilar. Boshqasi: «Yo Rasululloh, men qurbonlik soʻyishdan oldin sochimni oldirdim», — dedi. U zot: «Endi soʻy, zarari yoʻq», — dedilar. Oʻsha kuni u zotdan (Haj amallaridan) oldin yoki keyin qilingan biror narsa haqida soʻralsa, u zot: «Qilaver, zarari yoʻq», — der edilar.