حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ مُوسَى، أَخْبَرَنَا هِشَامٌ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي عَمْرُو بْنُ دِينَارٍ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ مِينَا، قَالَ سَمِعْتُهُ يُحَدِّثُ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ يُنْهَى عَنْ صِيَامَيْنِ، وَبَيْعَتَيْنِ الْفِطْرِ، وَالنَّحْرِ،، وَالْمُلاَمَسَةِ، وَالْمُنَابَذَةِ،.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ikki (kunda) roʻza tutish va ikki (xil) savdo taqiqlandi: Iydul-Fitr va Iydul-Azho kuni roʻza tutish hamda Mulomasa va Munobaza deb atalgan savdolar. (Bu ikki xil savdo johiliyat davrida qilinar edi: Mulomasa — sen sotishga qoʻyilgan narsaga tekkaningda, uni sotib olishing shart boʻladi; Munobaza — sotuvchi senga biror narsani uloqtirsa, uni sotib olishing shart boʻladi.)