حَدَّثَنَا أَبُو مَعْمَرٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَارِثِ، حَدَّثَنَا أَيُّوبُ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ قَدِمَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم الْمَدِينَةَ، فَرَأَى الْيَهُودَ تَصُومُ يَوْمَ عَاشُورَاءَ، فَقَالَ " مَا هَذَا ". قَالُوا هَذَا يَوْمٌ صَالِحٌ، هَذَا يَوْمٌ نَجَّى اللَّهُ بَنِي إِسْرَائِيلَ مِنْ عَدُوِّهِمْ، فَصَامَهُ مُوسَى. قَالَ " فَأَنَا أَحَقُّ بِمُوسَى مِنْكُمْ ". فَصَامَهُ وَأَمَرَ بِصِيَامِهِ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ Madinaga keldilar va yahudiylarning Ashuro kuni roʻza tutayotganini koʻrdilar. U zot ulardan bu haqda soʻradilar. Ular: «Bu — yaxshi kun: Alloh shu kunda Bani Isroilni dushman(lari)dan qutqardi; bas, Muso (alayhissalom) shu kuni roʻza tutdi», — deb javob berdi. Paygʻambar ﷺ: «Biz Musoga — sizlardan koʻra — haqliroqmiz», — dedilar. Bas, Paygʻambar ﷺ oʻsha kuni roʻza tutdi va (musulmonlarni) roʻza tutishga buyurdi.