حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَمْرٍو، عَنْ أَبِي الْبَخْتَرِيِّ، قَالَ سَأَلْتُ ابْنَ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ عَنِ السَّلَمِ، فِي النَّخْلِ فَقَالَ نُهِيَ عَنْ بَيْعِ النَّخْلِ، حَتَّى يَصْلُحَ، وَعَنْ بَيْعِ الْوَرِقِ، نَسَاءً بِنَاجِزٍ. وَسَأَلْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ عَنِ السَّلَمِ، فِي النَّخْلِ، فَقَالَ نَهَى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَنْ بَيْعِ النَّخْلِ حَتَّى يُؤْكَلَ مِنْهُ، أَوْ يَأْكُلَ مِنْهُ، وَحَتَّى يُوزَنَ.
Abulbaxtariy (Ibn Umar va Ibn Abbosdan) rivoyat qiladi: Men Ibn Umardan xurmo (daraxtlari mevasi) uchun salam haqida soʻradim. U: «Paygʻambar ﷺ xurmoni — to uning foydasi maʼlum boʻlib, yeyishga yaroqli boʻlguncha — sotishdan qaytardi; hamda kumushni (oltinga) nasiyaga sotishdan (ham) qaytardi», — deb javob berdi. Men Ibn Abbosdan (ham) xurmo uchun salam haqida soʻradim va u: «Paygʻambar ﷺ xurmoni — to u yeyishga yaroqli boʻlib, taxminan oʻlchab (chamalab) bilinadigan boʻlguncha — sotishdan qaytardi», — deb javob berdi.