حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا غُنْدَرٌ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَمْرٍو، عَنْ أَبِي الْبَخْتَرِيِّ، سَأَلْتُ ابْنَ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ عَنِ السَّلَمِ، فِي النَّخْلِ فَقَالَ نَهَى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَنْ بَيْعِ الثَّمَرِ حَتَّى يَصْلُحَ، وَنَهَى عَنِ الْوَرِقِ بِالذَّهَبِ نَسَاءً بِنَاجِزٍ. وَسَأَلْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ فَقَالَ نَهَى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَنْ بَيْعِ النَّخْلِ حَتَّى يَأْكُلَ أَوْ يُؤْكَلَ، وَحَتَّى يُوزَنَ. قُلْتُ وَمَا يُوزَنُ قَالَ رَجُلٌ عِنْدَهُ حَتَّى يُحْرَزَ.
Abulbaxtariy (Ibn Umar va Ibn Abbosdan) rivoyat qiladi: Men Ibn Umardan xurmo uchun salam haqida soʻradim. Ibn Umar: «Paygʻambar ﷺ xurmo (daraxtlari mevasi)ni — to u yeyishga yaroqli boʻlguncha — sotishdan qaytardi; hamda kumushni oltinga nasiyaga sotishdan (ham) qaytardi», — deb javob berdi. Men bu haqda Ibn Abbosdan (ham) soʻradim. Ibn Abbos: «Paygʻambar ﷺ xurmoni — to u yeyishga yaroqli boʻlib, oʻlchab (tortib) bilinadigan boʻlguncha — sotishdan qaytardi», — deb javob berdi. Men undan: «(Xurmo hali daraxtda turgan boʻlsa,) nima oʻlchanadi (tortiladi)?» — deb soʻradim. Ibn Abbos yonida oʻtirgan bir kishi: «(U) — to ular uzilib, (omborga) saqlab qoʻyilguncha (degani)», — dedi.