حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ رَأَى عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ حُلَّةً سِيَرَاءَ عِنْدَ باب الْمَسْجِدِ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ لَوِ اشْتَرَيْتَهَا فَلَبِسْتَهَا يَوْمَ الْجُمُعَةِ وَلِلْوَفْدِ قَالَ " إِنَّمَا يَلْبَسُهَا مَنْ لاَ خَلاَقَ لَهُ فِي الآخِرَةِ ". ثُمَّ جَاءَتْ حُلَلٌ فَأَعْطَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عُمَرَ مِنْهَا حُلَّةً، وَقَالَ أَكَسَوْتَنِيهَا وَقُلْتَ فِي حُلَّةِ عُطَارِدٍ مَا قُلْتَ. فَقَالَ " إِنِّي لَمْ أَكْسُكَهَا لِتَلْبَسَهَا ". فَكَسَا عُمَرُ أَخًا لَهُ بِمَكَّةَ مُشْرِكًا.
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Umar ibn Xattob masjid eshigi oldida sotilayotgan ipak kiyim (chopon)ni koʻrdi va: «Yo Rasululloh, koshki siz buni sotib olib, juma kunlari va vakillar sizning oldingizga kelganda kiysangiz!» — dedi. Allohning Rasuli ﷺ: «Buni — oxiratda (hech) nasibasi boʻlmaydigan kishi kiyadi», — dedilar. Keyinchalik baʼzi ipak kiyimlar (Paygʻambar ﷺ ga) keltirildi va Allohning Rasuli ﷺ ulardan birini Umarga yubordi. Umar: «Siz menga — Utoridning kiyimi haqida aytganingizni aytgan — holda, buni qanday kiyishga berasiz?» — dedi. Allohning Rasuli ﷺ: «Men uni senga — kiyishing uchun bermadim», — dedilar. Bas, Umar uni Makkadagi mushrik (birodari)ga berdi.