حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ أَبُو جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ فُضَيْلٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ أَتَى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بَيْتَ فَاطِمَةَ فَلَمْ يَدْخُلْ عَلَيْهَا، وَجَاءَ عَلِيٌّ فَذَكَرَتْ لَهُ ذَلِكَ فَذَكَرَهُ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِنِّي رَأَيْتُ عَلَى بَابِهَا سِتْرًا مَوْشِيًّا ". فَقَالَ " مَا لِي وَلِلدُّنْيَا ". فَأَتَاهَا عَلِيٌّ فَذَكَرَ ذَلِكَ لَهَا فَقَالَتْ لِيَأْمُرْنِي فِيهِ بِمَا شَاءَ. قَالَ تُرْسِلُ بِهِ إِلَى فُلاَنٍ. أَهْلِ بَيْتٍ بِهِمْ حَاجَةٌ.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir marta Paygʻambar ﷺ Fotimaning uyiga bordi, lekin unga kirmadi. Ali keldi va u (Fotima) unga bu haqda aytdi. Ali Paygʻambar ﷺ dan bu haqda soʻraganda, u zot: «Men uning eshigida (rang-barang) bezatilgan bir pardani koʻrdim. Men dunyo (matolari)ga qiziqmayman», — dedi. Ali Fotimaning oldiga borib, unga bu haqda aytdi. Fotima: «Men u (zot) aytgandek (uni biror narsaga) sarflashga tayyorman», — dedi. Paygʻambar ﷺ unga — uni falon-falon muhtoj odamlarga yuborishni — buyurdi.