حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " كُلُّ سُلاَمَى مِنَ النَّاسِ عَلَيْهِ صَدَقَةٌ، كُلَّ يَوْمٍ تَطْلُعُ فِيهِ الشَّمْسُ يَعْدِلُ بَيْنَ النَّاسِ صَدَقَةٌ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Inson tanasining har bir boʻgʻimi uchun (kunda) bir sadaqa (berilishi lozim); va quyosh chiqadigan har bir kunda — odamlar orasida adolat oʻrnatgan kishi uchun — bir sadaqaning savobi (bor)», — dedilar.