حَدَّثَنَا خَلاَّدُ بْنُ يَحْيَى، حَدَّثَنَا مَالِكٌ، حَدَّثَنَا طَلْحَةُ بْنُ مُصَرِّفٍ، قَالَ سَأَلْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ أَبِي أَوْفَى ـ رضى الله عنهما ـ هَلْ كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَوْصَى فَقَالَ لاَ. فَقُلْتُ كَيْفَ كُتِبَ عَلَى النَّاسِ الْوَصِيَّةُ أَوْ أُمِرُوا بِالْوَصِيَّةِ قَالَ أَوْصَى بِكِتَابِ اللَّهِ.
Talha ibn Musarrif (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Abdulloh ibn Abu Avfodan: «Paygʻambar ﷺ vasiyat qildimi?» — deb soʻradim. U: «Yoʻq», — deb javob berdi. Men undan: «Unda odamlarga vasiyat qilish qanday qilib buyurilgan (yoki ular vasiyat qilishga amr etilgan)?» — deb soʻradim. U: «Paygʻambar ﷺ Allohning Kitobini (yaʼni Qurʼonni) vasiyat qildi (meros qoldirdi)», — dedi.