حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَارِثِ، عَنْ أَبِي التَّيَّاحِ، عَنْ أَنَسٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ أَمَرَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِبِنَاءِ الْمَسْجِدِ فَقَالَ " يَا بَنِي النَّجَّارِ ثَامِنُونِي بِحَائِطِكُمْ هَذَا ". قَالُوا لاَ. وَاللَّهِ لاَ نَطْلُبُ ثَمَنَهُ إِلاَّ إِلَى اللَّهِ.
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ masjid qurilishini buyurganda: «Ey Bani Najjor! Menga mana shu bogʻingizning narxini ayting (taklif qiling)», — dedi. Ular: «Allohga qasamki! Biz uning narxini Allohdan boshqa hech kimdan soʻramaymiz», — dedi.