حَدَّثَنَا مُحَمَّدٌ، أَخْبَرَنَا عَبْدَةُ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لَمَّا رَجَعَ يَوْمَ الْخَنْدَقِ وَوَضَعَ السِّلاَحَ وَاغْتَسَلَ، فَأَتَاهُ جِبْرِيلُ وَقَدْ عَصَبَ رَأْسَهُ الْغُبَارُ فَقَالَ وَضَعْتَ السِّلاَحَ، فَوَاللَّهِ مَا وَضَعْتُهُ. فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " فَأَيْنَ ". قَالَ هَا هُنَا. وَأَوْمَأَ إِلَى بَنِي قُرَيْظَةَ. قَالَتْ فَخَرَجَ إِلَيْهِمْ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ Xandaq (jangi) kuni (jangdan) qaytganda, qurolini qoʻyib, gʻusl qildi. Soʻng — boshi changga belangan — Jibril uning oldiga kelib: «Sen qurolingni qoʻyding! Allohga qasamki, men hali qurolimni qoʻymadim», — dedi. Allohning Rasuli ﷺ: «(Endi) qaerga (borish kerak)?» — dedi. Jibril — Bani Qurayza (qabilasi) tomonga ishora qilib: «Mana bu tomonga», — dedi. Bas, Allohning Rasuli ﷺ ularga qarshi (jangga) chiqdi.