حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نُمَيْرٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ إِدْرِيسَ، عَنْ إِسْمَاعِيلَ، عَنْ قَيْسٍ، عَنْ جَرِيرٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ مَا حَجَبَنِي النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم مُنْذُ أَسْلَمْتُ، وَلاَ رَآنِي إِلاَّ تَبَسَّمَ فِي وَجْهِي. وَلَقَدْ شَكَوْتُ إِلَيْهِ إِنِّي لاَ أَثْبُتُ عَلَى الْخَيْلِ. فَضَرَبَ بِيَدِهِ فِي صَدْرِي وَقَالَ " اللَّهُمَّ ثَبِّتْهُ وَاجْعَلْهُ هَادِيًا مَهْدِيًّا ".
Jarir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ — men Islomni qabul qilganimdan beri — mendan oʻzini toʻsmadi (yaʼni meni huzuriga qabul qildi) va u zot meni koʻrgan har safar, tabassum bilan kutib olardi. Bir marta men u zotga — otda mahkam oʻtira olmasligimni — aytdim. U zot qoʻli bilan koʻkragimga urib: «Allohim! Uni (otda) mustahkam qil va uni hidoyat qiluvchi hamda hidoyat topgan kishi qil», — dedi.