حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، قَالَ سَمِعْتُ أَنَسًا ـ رضى الله عنه ـ قَالَ دَعَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم الأَنْصَارَ لِيَكْتُبَ لَهُمْ بِالْبَحْرَيْنِ فَقَالُوا لاَ وَاللَّهِ حَتَّى تَكْتُبَ لإِخْوَانِنَا مِنْ قُرَيْشٍ بِمِثْلِهَا. فَقَالَ ذَاكَ لَهُمْ مَا شَاءَ اللَّهُ عَلَى ذَلِكَ يَقُولُونَ لَهُ قَالَ " فَإِنَّكُمْ سَتَرَوْنَ بَعْدِي أُثْرَةً، فَاصْبِرُوا حَتَّى تَلْقَوْنِي عَلَى الْحَوْضِ".
Yahyo ibn Said (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Bir marta Paygʻambar ﷺ ansorlarni — ularga Bahrayn yeridan bir qism berish uchun — chaqirdi. Shunda ular: «Yoʻq! Allohga qasamki, siz — qurayshlik birodarlarimizga (ham) shunga oʻxshash narsa bermaguningizcha — biz uni qabul qilmaymiz», — dedi. U zot: «Alloh xohlasa, u (narsa) ularniki boʻladi», — dedi. Lekin ansorlar oʻz iltimosida (qatʼiy) turaverganda, u zot: «Sizlar mendan keyin — bu borada boshqalar sizlardan afzal koʻrilishini — koʻrasizlar. (Bunday holatda) — to Havz (Kavsar) yonida men bilan uchraguncha — sabr qilinglar», — dedi.