قَالَ أَبُو مُوسَى حَدَّثَنَا هَاشِمُ بْنُ الْقَاسِمِ، حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ كَيْفَ أَنْتُمْ إِذَا لَمْ تَجْتَبُوا دِينَارًا وَلاَ دِرْهَمًا فَقِيلَ لَهُ وَكَيْفَ تَرَى ذَلِكَ كَائِنًا يَا أَبَا هُرَيْرَةَ قَالَ إِيْ وَالَّذِي نَفْسُ أَبِي هُرَيْرَةَ بِيَدِهِ عَنْ قَوْلِ الصَّادِقِ الْمَصْدُوقِ. قَالُوا عَمَّ ذَاكَ قَالَ تُنْتَهَكُ ذِمَّةُ اللَّهِ وَذِمَّةُ رَسُولِهِ صلى الله عليه وسلم، فَيَشُدُّ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ قُلُوبَ أَهْلِ الذِّمَّةِ، فَيَمْنَعُونَ مَا فِي أَيْدِيهِمْ.
Said (Abu Hurayradan) rivoyat qiladi: Abu Hurayra bir marta (odamlarga): «Sizlar — hech qanday dinor yoki dirham (yaʼni zimmiylardan olinadigan soliqlar) ololmaydigan holatga tushganingizda, ahvolingiz nima boʻladi?» — dedi. Shunda kimdir undan: «Ey Abu Hurayra! Bu holat yuz berishini qaerdan bilasiz?» — deb soʻradi. U: «Abu Hurayraning joni qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, men buni — rost (soʻzlovchi) va rost (vahiy) berilgan Zot (yaʼni Paygʻambar)ning soʻzidan — bilaman», — dedi. Odamlar: «(U) soʻz nima (deydi)?» — dedi. U: «Alloh va Uning Rasulining zimmiylarga (yaʼni musulmon yurtida yashovchi gʻayrimusulmonlarga) bergan himoyasi (ahdi) buziladi va shu sabab Alloh bu zimmiylarning qalbini shu qadar dadil qiladiki, ular — toʻlashlari lozim boʻlgan jizyani — toʻlashdan bosh tortadi», — dedi.