حَدَّثَنَا مَكِّيُّ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، حَدَّثَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ قَالَتْ كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِذَا رَأَى مَخِيلَةً فِي السَّمَاءِ أَقْبَلَ وَأَدْبَرَ وَدَخَلَ وَخَرَجَ وَتَغَيَّرَ وَجْهُهُ، فَإِذَا أَمْطَرَتِ السَّمَاءُ سُرِّيَ عَنْهُ، فَعَرَّفَتْهُ عَائِشَةُ ذَلِكَ، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " مَا أَدْرِي لَعَلَّهُ كَمَا قَالَ قَوْمٌ
﴿ فَلَمَّا رَأَوْهُ عَارِضًا مُسْتَقْبِلَ أَوْدِيَتِهِمْ ﴾ ". الآيَةَ.Ato (Oishadan) rivoyat qiladi: Oisha: «Agar Paygʻambar ﷺ osmonda bir bulutni koʻrsa, u zot bezovta boʻlib u yoqdan-bu yoqqa yurar, chiqib-kirar va yuzining rangi oʻzgarar edi; agar yomgʻir yogʻsa, u zot yengil tortardi», — dedi. Bas, Oisha u zotning bu holatini (sezib) bildi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Men bilmayman (yaʼni qoʻrqaman), bu — Qurʼonda quyidagi oyatda zikr qilingan baʼzi odamlar boshiga tushgan (azob)ga oʻxshash boʻlishi mumkin: ‹Bas, ular uni (azobni) — vodiylari tomon kelayotgan quyuq bulut holida — koʻrganlarida: «Bu — bizga yomgʻir keltiruvchi bulut!» — dedi. Yoʻq, balki bu — sizlar tezlatishni soʻragan (azob)dir — ichida ogʻir azob (boʻlgan) bir shamoldir› (Ahqof, 24)», — dedi.