حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عَدِيٍّ، عَنْ شُعْبَةَ، عَنْ حَبِيبِ بْنِ أَبِي ثَابِتٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ وَهْبٍ، عَنْ أَبِي ذَرٍّ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " قَالَ لِي جِبْرِيلُ مَنْ مَاتَ مِنْ أُمَّتِكَ لاَ يُشْرِكُ بِاللَّهِ شَيْئًا دَخَلَ الْجَنَّةَ، أَوْ لَمْ يَدْخُلِ النَّارَ، قَالَ وَإِنْ زَنَى وَإِنْ سَرَقَ قَالَ وَإِنْ ".
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Jabroil menga: ‹Sening ummatingdan kim — Allohga (hech narsani) sherik qilmasdan (yaʼni Allohdan boshqasiga ibodat qilmasdan) — vafot etsa, jannatga kiradi (yoki: doʻzaxga kirmaydi)›, — dedi», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Garchi u zino yoki oʻgʻirlik qilgan boʻlsa ham?» — deb soʻradi. U (Jabroil): «Garchi shunday boʻlsa ham», — deb javob berdi.