حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، حَدَّثَنَا أَبُو الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " الْمَلاَئِكَةُ يَتَعَاقَبُونَ، مَلاَئِكَةٌ بِاللَّيْلِ وَمَلاَئِكَةٌ بِالنَّهَارِ، وَيَجْتَمِعُونَ فِي صَلاَةِ الْفَجْرِ وَالْعَصْرِ، ثُمَّ يَعْرُجُ إِلَيْهِ الَّذِينَ بَاتُوا فِيكُمْ، فَيَسْأَلُهُمْ وَهْوَ أَعْلَمُ، فَيَقُولُ كَيْفَ تَرَكْتُمْ {عِبَادِي} فَيَقُولُونَ تَرَكْنَاهُمْ يُصَلُّونَ، وَأَتَيْنَاهُمْ يُصَلُّونَ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Farishtalar — baʼzilari kechasi, baʼzilari kunduzi — navbatma-navbat osmondan tushib, osmonga koʻtarilib turadi va ularning hammasi bomdod hamda asr namozlari vaqtida birga (yigʻilib) toʻplanadi. Soʻng tunni sizlar bilan oʻtkazganlar Allohga koʻtariladi va U — ulardan koʻra javobni yaxshiroq bilsa-da — ulardan: ‹Mening bandalarimni qanday (holatda) qoldirdingiz?› — deb soʻraydi. Ular: ‹Biz ularni — namoz oʻqiyotgan holatda topgan edik va namoz oʻqiyotgan holatda qoldirdik›, — deb javob beradi. Agar sizlardan biringiz (namozda, Fotiha qiroati oxirida) ‹Omin› desa va osmondagi farishtalar (ham) shu (Omin)ni aytsa hamda bu ikki aytish (bir vaqtga) toʻgʻri kelsa, uning barcha oʻtgan gunohlari magʻfirat qilinadi», — dedi.