حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ، قَالَ حَدَّثَنِي عَامِرٌ، قَالَ حَدَّثَنِي جَابِرٌ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ أَبَاهُ، تُوُفِّيَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ، فَأَتَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقُلْتُ إِنَّ أَبِي تَرَكَ عَلَيْهِ دَيْنًا وَلَيْسَ عِنْدِي إِلاَّ مَا يُخْرِجُ نَخْلُهُ، وَلاَ يَبْلُغُ مَا يُخْرِجُ سِنِينَ مَا عَلَيْهِ، فَانْطَلِقْ مَعِي لِكَىْ لاَ يُفْحِشَ عَلَىَّ الْغُرَمَاءُ. فَمَشَى حَوْلَ بَيْدَرٍ مِنْ بَيَادِرِ التَّمْرِ فَدَعَا ثَمَّ آخَرَ، ثُمَّ جَلَسَ عَلَيْهِ فَقَالَ " انْزِعُوهُ ". فَأَوْفَاهُمُ الَّذِي لَهُمْ، وَبَقِيَ مِثْلُ مَا أَعْطَاهُمْ.
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Otam qarzdor holda vafot etgan edi. Bas, men Paygʻambar ﷺ ning oldiga kelib: «Otam toʻlanmagan qarzlarni qoldirib (vafot etdi) va menda — uning xurmo daraxtlarining hosilidan boshqa — hech narsa yoʻq; ularning bir necha yillik hosili (ham) uning qarzlarini qoplamaydi. Bas, men bilan yuring — toki qarzdorlar menga (qoʻpol) muomala qilmasin», — dedim. Paygʻambar ﷺ xurmo uyumlaridan birining atrofida aylanib, (Allohga) duo qildi; soʻng boshqa bir uyum bilan (ham) shunday qildi va uning ustiga oʻtirib: «(Ularga) oʻlchab ber», — dedi. Men ularning haqqini toʻladim va (shunda ham) ortib qolgani — ularga toʻlangani qadar (koʻp) edi.