حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ قَزَعَةَ، حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ سَعْدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ قَالَتْ دَعَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَاطِمَةَ ابْنَتَهُ فِي شَكْوَاهُ الَّذِي قُبِضَ فِيهَا، فَسَارَّهَا بِشَىْءٍ فَبَكَتْ، ثُمَّ دَعَاهَا فَسَارَّهَا فَضَحِكَتْ، قَالَتْ فَسَأَلْتُهَا عَنْ ذَلِكَ. فَقَالَتْ سَارَّنِي النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَأَخْبَرَنِي أَنَّهُ يُقْبَضُ فِي وَجَعِهِ الَّذِي تُوُفِّيَ فِيهِ فَبَكَيْتُ، ثُمَّ سَارَّنِي فَأَخْبَرَنِي أَنِّي أَوَّلُ أَهْلِ بَيْتِهِ أَتْبَعُهُ فَضَحِكْتُ.
Paygʻambar ﷺ oʻzlari vafot etgan kasalliklarida qizlari Fotimani chaqirib, unga bir narsani pichirlab aytdilar, shunda u yigʻladi. Soʻng uni (yana) chaqirib, pichirlab (yana) aytdilar, shunda u kuldi. (Oisha) aytdi: Men undan buni soʻradim. U: «Paygʻambar ﷺ menga pichirlab, oʻzlari vafot etadigan kasalliklarida vafot etishlarini xabar berdilar, men yigʻladim. Soʻng menga pichirlab, ahli baytlaridan u zotga (vafotda) birinchi boʻlib men ergashishimni xabar berdilar, shunda men kuldim», dedi.