حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، قَالَ عَمْرُو بْنُ دِينَارٍ سَمِعْتُهُ قَالَ قَالَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ لَمَّا أَسْلَمَ عُمَرُ اجْتَمَعَ النَّاسُ عِنْدَ دَارِهِ وَقَالُوا صَبَا عُمَرُ. وَأَنَا غُلاَمٌ فَوْقَ ظَهْرِ بَيْتِي، فَجَاءَ رَجُلٌ عَلَيْهِ قَبَاءٌ مِنْ دِيبَاجٍ فَقَالَ قَدْ صَبَا عُمَرُ. فَمَا ذَاكَ فَأَنَا لَهُ جَارٌ. قَالَ فَرَأَيْتُ النَّاسَ تَصَدَّعُوا عَنْهُ فَقُلْتُ مَنْ هَذَا قَالُوا الْعَاصِ بْنُ وَائِلٍ.
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo): «Umar islom qabul qilganida, odamlar uning uyi oldida toʻplanib: ‹Umar (dindan) chiqdi (saboʼ qildi)› deyishdi. Men esa yosh bola edim, uyimning tomida edim. Shunda ustida dibo (ipak)dan jubba boʻlgan bir kishi kelib: ‹Umar saboʼ qildi (deyishyapti), nima boʻlibdi? Men unga himoyachiman (qoʻshniman)› dedi. (Abdulloh) aytdi: Men odamlarning undan (tarqalib) ajralganini koʻrdim. Men: ‹Bu kim?› dedim. Ular: ‹Os ibn Voil›, deyishdi», dedi.